Dunyoda ilk bor sunʼiy intellekt vazirlikka tayinlandi
Albaniyada davlat xaridlari uchun Diella nomli sunʼiy intellekt masʼul boʻladi.

Albaniya sunʼiy intellektni vazir lavozimiga tayinlagan birinchi davlatga aylandi.
Davlat xaridlari uchun Diella nomli sunʼiy intellekt boti masʼul boʻladi, dedi bosh vazir Edi Rama.
Sunʼiy intellekt vazirini qoʻllab-quvvatlash uchun hukumatda SI texnologiyalarini joriy qiladigan maxsus boʻlim tashkil etildi. Bu tender savdolarining toʻliq shaffofligini taʼminlashi va xarajatlarni kamaytirishi kerak.
Bosh vazir Edi Ramaning taʼkidlashicha, Diella joriy etilishi bilan xaridlar asta-sekin SI nazoratiga oʻtadi. Rama intellekt davlat xaridlari xizmati funksiyalarini bajarishini taʼkidladi. Ilgari Diella e-Albania hukumat portalida virtual yordamchi boʻlib ishlagan.
Avvalroq Oʻzbekistondv yuqori sinflar uchun sunʼiy intellekt darslari oʻtilishi maʼlum qilingandi.