platina.uz
Jahon

Braziliyaning sobiq prezidenti 27 yillik qamoqqa hukm etildi

U 2022 yilgi magʻlubiyatidan soʻng harbiy toʻntarishga urinishda ayblangan. Oʻshanda uning tarafdorlari hukumat binolariga bostirib kirgandi.   

Braziliyaning sobiq prezidenti 27 yillik qamoqqa hukm etildi

Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 27 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Braziliya Oliy sudi sudyalari hayʼati Bolsonaruni 2022 yilgi saylovlardagi magʻlubiyatidan soʻng harbiy toʻntarishga urinishda aybdor deb topgan.

Bolsonaruning advokatlari hukmni "oʻta nomutanosib" deb atagan va "barcha darajalarda, shu jumladan xalqaro darajada" apellyatsiya berishga vaʼda berishgan.

Oliy sudning beshta sudyasidan toʻrttasi 70 yoshli Bolsonaruni 2022 yilgi saylovlarda oʻzining soʻlchi raqibi, amaldagi prezident Luiz Inasio Lula da Silvaga yutqazganidan keyin oʻz hokimiyatini saqlab qolish uchun fitna uyushtirganlikda aybdor deb topdi.

Sudyalarning aniqlashicha, fitna tashkilotchilari harbiylardan yetarlicha yordam ololmagan boʻlsa-da, 2023 yil 8 yanvarda Bolsonaru tarafdorlarining hukumat binolariga bostirib kirishi bilan yakunlangan.

Sudyalardan biri Bolsonaruni oqladi, oxirgi sudya esa uzoq vaqt ikkilanib turdi, biroq koʻpchilik ovozi sobiq prezidentni ayblash uchun yetarli edi.

Hozirda uy qamogʻida saqlanayotgan sobiq prezident har doim ayblovlarni rad etib keladi. Uning himoyachilari apellyatsiya shikoyati berishi kutilmoqda.

Jair Bolsonaruning oʻzi, advokatining soʻzlariga koʻra, sogʻligʻi sababli sudda ishtirok etmagan, ammo payshanba kuni ertalab AFP jurnalisti uni Braziliyadagi uyining bogʻida koʻrgan. 2018 yilda qorniga pichoq sanchilgan suiqasddan omon qolganidan beri u haqiqatan ham sogʻligʻida muammolarga duch kelgan.

Bolsonaruning tarafdorlari u prezidentlik saylovlarida chap qanot vakili Luiz Inasio Lula da Silvaga yutqazganidan keyin hukumat binolariga bostirib kirishgandi.

Bolsonaruni AQSh prezidenti Donald Tramp omma oldida qoʻllab-quvvatladi va u unga qarshi sud jarayonini “jodugar ovi” deb atadi.

Braziliya sobiq prezidenti avgust oyi boshida uy qamogʻiga olingandi. Jair Bolsonaru oʻshanda ijtimoiy tarmoqlar boʻyicha taqiqni buzganlikda ayblangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid