platina.uz
Jamiyat

Nukusdagi portlashda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi

Oʻquv mashgʻuloti uchun moʻljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi sabab kichik portlash yuzaga kelgan. 

Nukusdagi portlashda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi

Nukusdagi portlashda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi.

Bu haqda Milliy gvardiya maʼlumot berdi.

Joriy yilning 10 sentabr kuni Nukus dala oʻquv maydonida, amaliy oʻquv mashgʻuloti tashkillashtirilgan.

Mashgʻulot davomida oʻquv mashgʻuloti uchun moʻljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi natijasida kichik portlash yuzaga kelib, mashgʻulot ishtirokchilaridan 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlari olishgan.

Ularga oʻz vaqtida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan va hozirda koʻrilgan zarur choralar natijasida harbiy xizmatchilarning sogʻligi tiklanmoqda.

Holat yuzasidan esa xizmat surishtiruvi tayinlangan hozirda mutasaddi rahbarlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid