platina.uz
Jamiyat

Ayrim qoidabuzarliklar uchun jazoni kuchaytirish taklif etilmoqda

Belgilangan tezlikni soatiga 100 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborganlik uchun ulovni boshqarish huquqidan olti oyga mahrum qilinib, BHMning yigirma baravari miqdorida jarima tayinlanishi mumkin. 

Ayrim qoidabuzarliklar uchun jazoni kuchaytirish taklif etilmoqda

Ayrim yoʻl qoidabuzarliklari uchun jazoni kuchaytirish taklif etilmoqda.

"Ayrim yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun javobgarlikni kuchaytirilishi munosabati bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi eʼlon qilindi.

Loyiha regulation.gov.uz portaliga joylashtirilgan.

Baʼzi haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalariga rioya etmaslik, jumladan, transport vositasida qarama-qarshi harakatlanish, svetoforning taqiqlovchi chirogʻiga buysunmaslik yoki tezlikni meyoridan oshirib boshqarish tufayli ogʻir oqibatli YTHlar soni ortib bormoqda, deyiladi loyihada.

Shuningdek, ayrim haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalariga bepisandlik bilan qarash, transportni boshqarish madaniyatiga amal qilmaslik, yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari koʻrsatkichi kundan-kunga oshib bormoqda.

Mazkur Qonun bilan yoʻl harakati qoidalarini surunkali ravishda buzuvchilarga nisbatan jazo choralari va uni qoʻllash tartibi, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilash koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, ayrim huquqbuzarliklarni bir oy davomida bir necha marotaba sodir etgan shaxslarga nisbatan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilmasligiga oid talablar belgilanmoqda.

342-modda. Yoʻl harakati qoidalarini surunkali buzganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilishi

"Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeks" ning 1283-moddasi uchinchi – toʻrtinchi qismlarida, 1284-moddasi ikkinchi qismida va 1285-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar bir oy davomida oʻn marta sodir etilgan taqdirda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksning 24 va 28-moddalariga muvofiq qoʻshimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum qilinadi.

Bir oy davomida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar oʻn marta sodir etilganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganligi, transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazo chorasini qoʻllashga asos hisoblanadi.

1254-modda. Utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibini buzish

Utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarining roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini belgilangan tartibda vakolatli organga topshirmagan holda transport vositasini utilizatsiya qilish yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlaklash, –fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 100 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi, transport vositalarini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Angrenda ayanchli YTH yuz bergandi. Unda 11 kishi vafot etdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid