platina.uz
Iqtisod

Asosiy stavka yillik 14 foiz miqdorida oʻzgarishsiz qoldirildi

Avgust oyida umumiy inflyatsiya iyulga nisbatan biroz pasayib,  8,8 foizni tashkil etgan. Asosiy stavka masalasi yana 23 oktabr kuni koʻriladi. 

Asosiy stavka yillik 14 foiz miqdorida oʻzgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirdi.

Markaziy bank Boshqaruvi 2025 yil 11 sentabrda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi. Bu haqda bank press-relizida aytiladi.

Avgust oyida umumiy inflyatsiya iyulga nisbatan biroz pasayib, yillik hisobda 8,8 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻsishining sekinlashishi hisobiga bazaviy inflyatsiya 7,6 foizgacha pasaydi, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, yalpi talabning yuqori darajada saqlanishi sharoitida energiya narxlari oshishining ikkilamchi taʼsirlari xizmatlar inflyatsiyasining yuqori shakllanishida namoyon boʻlmoqda.

Soʻnggi oylarda mavsumiy omillar hamda almashuv kursining barqarorlashuvi hisobiga aholi va tadbirkorlar inflyatsion kutilmalarida pasayish tendensiyasi kuzatilgan boʻlsa-da, mazkur kutilmalar umumiy inflyatsiya darajasidan yuqori boʻlib qolmoqda.

2025 yilning birinchi yarmida iqtisodiy oʻsish 7,2 foizgacha tezlashdi. Bunda, xizmatlar sohasining yuqori surʼatlari bilan birga sanoat, qurilish va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida ham sezilarli oʻsish qayd etildi.

Transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmining barqaror oʻsishi, iqtisodiyotda kreditlash surʼatlarining jadallashuvi, byudjet xarajatlarining oʻsishi hamda investitsion faollikning yuqori boʻlishi yalpi talabni faol ragʻbatlantiruvchi omillardan boʻlmoqda.

Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2025 yil 23 oktabr kuniga belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2025 yil 24 iyulga belgilangan yigʻilish koʻchirilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid