platina.uz
Jamiyat

Abdulla Avloniy nomidagi yangi stipendiya taʼsis etiladi

Mazkur stipendiya joriy oʻquv yilidan boshlab pedagogika yoʻnalishida oʻqiyotgan 3-4 kurs talabalariga beriladi. 

Abdulla Avloniy nomidagi yangi stipendiya taʼsis etiladi

Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi taʼsis etiladi.

“Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-162-son, 10.09.2025 y.) qabul qilindi.

Gap nima haqida?

Farmonga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi taʼsis etiladi.

Mazkur stipendiya pedagogika yoʻnalishidagi har bir oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat yoʻnalishida tahsil olayotgan 1 nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi.

Maʼlumot uchun: ushbu stipendiyani tayinlash uchun talablar Prezidentning “Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1993 yil 5 fevraldagi PF–555-son Farmonida belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 8 sentabr kuni taʼlim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishgandi.

Unga koʻra, joriy oʻquv yilidan boshlab, pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etilishi maʼlum qilindi. Stipendiya bakalavriatning 3-4-kurslari uchun boʻladi, yoshlarni oʻqish va ilmiy izlanishlarga undashga qaratilgan.

Stipendiya miqdori taxminan 1 mln 479 mmng soʻmni tashkil etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid