platina.uz
Jamiyat

Sud-huquq tizimida nimalar oʻzgarmoqda: inson huquqlari va manfaatlari ustuvor boʻladi

Sudlar tomonidan yozma va notarial tasdiqlangan bitimga asosan 2022 yilda 66 mingta, 2023 yilda 230 mingta va 2024 yilda 429 mingta ish koʻrilgan.

Sud-huquq tizimida nimalar oʻzgarmoqda: inson huquqlari va manfaatlari ustuvor boʻladi

Soʻnggi yillarda sud-huquq tizimida inson huquqlari va manfaatlari ustuvor boʻladi. Xususan, soha rivoji yoʻlidagi quyidagi muhim chora-tadbirlar koʻzda tutilgan:

  • sudlar faoliyatini yaxshilashga qaratilgan eʼtibor;
  • fuqarolar tomonidan odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini yaxshilash;
  • sudyalar puxta oʻrganish va tahlil qilishni talab etadigan jiddiy ishlarni har tomonlama koʻrib chiqish imkoniyatiga ega boʻlishlari.

Sudlar tomonidan yozma va notarial tasdiqlangan bitimga asosan 2022 yilda 66 mingta, 2023 yilda 230 mingta va 2024 yilda 429 mingta ish koʻrilgan.

Bular:

  • qarz shartnomasi (notarius tasdiqlagan qarz shartnomasida agar qarzni kimdir qaytarmasa, sudga beriladi);
  • ijara shartnomasi;
  • oldi-sotdi shartnomasi: uy, mashina, biror bir qimmatbaxo buyumlar. Masalan, kimdir mashinani sotdi, notarius tasdiqladi, lekin mashinani bermadi.
  • oilaviy bitimlar;
  • turmush oʻrtoqlar oʻrtasida mol-mulk taqsimoti boʻyicha notariusda tuzilgan bitim (agar bir tomon shartni bajarmasa, sudga talab kiritilishi mumkin);
  • yuridik faktlarni belgilash;
  • shaxsning qaysi sanada tugʻilganini tasdiqlash;
  • nikoh registratsiyadan oʻtmagan boʻlsa, oilaviy munosabatlar faktlarini belgilash;
  • stajni tasdiqlash (bir ishchi pensiyaga chiqmoqchi, ishxonasi yopilan bulsa);
  • mulk huquqini belgilash;
  • merosga boʻlgan huquqni belgilash;
  • meros mol-mulkini qabul qilish muddatini tiklash;
  • otalikni tan olish (agar men shu farzandning otasiman deb tursa);
  • bolaning familiyasini oʻzgartirish.

Yozma va notarial tasdiqlangan bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan koʻchar mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab 2022 yilda 266,8 mingta, 2023 yilda 394 mingta va 2024 yilda 375 mingta avtotransport bilan bogʻliq garov shartnomalari tasdiqlangan.

Ijara toʻlovlari, koʻp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlar, kommunal va aloqa xizmatlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida talablar quyidagicha:

  • tabiiy gaz: 2022 yil, 2023 yil va 2024 yilda 10,5 ming, 43,1 ming va 27 ming;
  • ichimlik suvi — 9,5 ming, 17 ming, va 87,6 ming ish koʻrilgan.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid