platina.uz
Jahon

Istanbulda namoyishlar: Oʻzbekiston konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi

Muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) tarafdorlari Istanbul boʻlinmasiga kiritilgan cheklovlar sabab koʻchaga chiqdi. 

Istanbulda namoyishlar: Oʻzbekiston konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi

Istanbulda muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) tarafdorlari namoyishga chiqdi. Bunga partiyaning mahalliy boʻlinma rahbariyatini vaqtinchalik lavozimdan chetlatilishi va muvaqqat kengash tayinlash haqidagi sud qarori sabab boʻldi.

Ular hukumatning miting va yigʻilishlarni taqiqlaganidan ham gʻazablandi, deb yozadi Hurriyet.

CHP yoshlari soat 23:00 da partiya ofisida yigʻilishga chaqirishdi. Yigʻilish Istanbul boʻlimining vakolati toʻxtatilgan rahbari Oʻzgur Chelikni qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Mahkama partiya qurultoyidagi qonunbuzarliklar, jumladan, shaxsiy manfaatdorlikda ayblash va saylovlarga taʼsir oʻtkazishga urinishlar tufayli bunday qarorga kelgan.

Mitinglar tufayli Istanbul hukumati baʼzi hududlarda uch kun davomida namoyishlar oʻtkazishni taqiqladi, politsiya esa CHP binosiga kirishni toʻsib qoʻydi. Namoyishchilar ofis yaqinida toʻplanishda davom etmoqda va politsiya bilan toʻqnashuvlar sodir boʻlmoqda.

Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunch prokuratura ijtimoiy tarmoqlardagi provokatsion postlar yuzasidan tekshiruv boshlaganini maʼlum qildi. U partiyaning murojaatlari qanoatlantirilmaganini taʼkidlab, keskinlikka yoʻl qoʻymaslik uchun sud qarorlarini hurmat qilishga chaqirdi. Tunch, CHP rahbariyatining jamiyat tinchligi uchun bayonotlarga masʼuliyat bilan yondashishi kerakligini taʼkidladi.

Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi fuqarolarni ogohlantirdi.

Unda aytilishicha, Turkiya hukumati tomonidan xavfsizlik chorasi sifatida:

- 11 sentabrga qadar 6 tumanda, jumladan Beshiktosh tumani hududida (Bosh konsulxona joylashgan), ommaviy tadbirlarga vaqtincha taqiq joriy etildi;

- xorijiy messenjerlardan foydalanishda cheklovlar mavjud.

Fuqarolarga:

- odam gavjum joylardan yiroqda boʻlish;

- namoyish oʻtkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik;

- mahalliy tartib-qoidalarga qatʼiy rioya etish tavsiya etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid