platina.uz
Jamiyat

Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

Bunga qadar u vazir maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi. Avval Vazirlar Mahkamasi va Senatda ham faoliyat olib borgan.   

Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari boʻldi.

Prezidentning tegishli qarori bilan Turdiyev Azizbek Anvarjonovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Mehnat faoliyatini taʼlim sohasida boshlagan Azizbek Turdiyev 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi 231-umumtaʼlim maktabida adabiyot fanidan oʻquvchilarga saboq berdi.

2015-2017-yillarda poytaxtimizdagi 165-umumtaʼlim maktabining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019-yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023-yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan.

2023 yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdoʻstlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yoʻnaltirish” loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Avval Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari sifatida ishlagan Sardor Rajabov lavozimidan ozod etilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid