platina.uz
Jamiyat

Angrendagi YTHda jami 11 kishi halok boʻlgan

Bu haqda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishida maʼlum qilindi. Viloyatda avariya oqibatlaridan kelib chiqib, yuk mashinalariga talablar kuchaytiriladi. 

Angrendagi YTHda jami 11 kishi halok boʻlgan

7 sentabr kuni Angrenda kuzatilgan dahshatli YTHda 11 kishi qurbon boʻlgan. Bu haqda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishida maʼlum qilindi.

Farmoyish 2025 yil 9 sentabrda qabul qilindi.

Unga koʻra, viloyat hokimining oʻrinbosarlari (M.Ubaydullayev, Sh.Polvonov) va tegishli tashkilotlar:

- yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritadi, ularning oila aʼzolariga hamda jabrlanganlarga tibbiy, moddiy, psixologik va boshqa yordamlar koʻrsatadi;

- halok boʻlganlarni dafn marosimlari bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

- yoʻl-transport hodisasining kelib chiqish sabablari oʻrganilgan holda kelgusida shu kabi hodisalarining oldini olish maqsadida yoʻl-transport infratuzilmasini xatlovdan oʻtkazadi hamda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, ularni takomillashtirish, shuningdek yuk tashish qoidalarini yanada qayta koʻrib chiqish boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlaydi.

4. Viloyat hokimining oʻrinbosarlari (M.Ubaydullayev, Sh.Polvonov), Buvayda tumani hokimligi (B.Ibragimov):

- halok boʻlgan fuqarolarning oila aʼzolariga moddiy yordam koʻrsatadi hamda halok boʻlganlarning dafn marosimlari bilan bogʻlik kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

5. Ichki ishlar boshqarmasi (A.Ikramov), Transport boshqarmasi (B.Safarov), Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (Gʻ.Alaviddinov) hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:

- hodisa sabablarining chuqur tahlili hamda Hukumat komissiyaning takliflari asosida kelgusida shu kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha chora- tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda bajarilishini taʼminlaydi.

6. Transport boshqarmasi (B.Safarov), Ichki ishlar boshqarmasi (A.Ikramov) va tegishli idoralar:

- Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda belgilangan muddatlarda YTH sabablarini inobatga olgan holda, amaldagi yuk tashish qoidalariga yuk tashuvchi avtotransport vositalariga nisbatan talablarni kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligini viloyatda joriy etadi.

Eslatib oʻtamiz, avval Angren shahrida 8 ta avtomobil ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 7 kishi halok boʻlgani maʼlum qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid