platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston elektr boʻyicha yangi kelishuvga erishdi

Kuz-qish mavsumida qoʻshni respublikalar orqali Qirgʻizistonga elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha tomonlarning majburiyatlari belgilandi. 

Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston elektr boʻyicha yangi kelishuvga erishdi

Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston elektr energiyasi boʻyicha yangi kelishuvga erishdi.

Qirgʻizistonning Choʻlpon-Ota shahrida energetika sohasida hamkorlik boʻyicha navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda Qirgʻiziston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Gap nima haqida?

Unga koʻra, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida 2026 yil bahorigacha elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha protokol imzolangan.

Hujjatning asosiy maqsadi Toʻqtoʻgʻul suv omboridagi suvni saqlash va undan oqilona foydalanish maqsadida kuz-qish mavsumida Qozogʻiston va Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha tomonlarning majburiyatlarini belgilashdan iborat.

Bundan tashqari, Qozogʻiston energetika tizimi orqali Rossiyadan Qirgʻizistonga elektr energiyasi tranziti va Oʻzbekiston energetika tizimi orqali Turkmanistondan Qirgʻizistonga elektr energiyasi tranziti shartlari kelishib olindi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida Qirgʻiziston va Qozogʻiston oʻrtasida elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha ikki tomonlama protokol imzolandi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, 2026 yilning martidan dekabrigacha Oʻzbekiston Qozogʻistonga 900 million kVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi. Choʻlpon-Ota shahrida boʻlib oʻtgan ikki tomonlama muzokaralar chogʻida shunday kelishuvga erishildi, deb xabar qildi Qozogʻiston energetika vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, ushbu taʼminot Qozogʻistonning janubiy energetika mintaqasida elektr stansiyalarida rejali taʼmirlash vaqtida energiya tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid