platina.uz
Jamiyat

Chilonzorda qurilish krani qulashi oqibatida bir kishi halok boʻldi

Bundan tashqari 25 va 21 yashar ishchilar jarohat olgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Chilonzorda qurilish krani qulashi oqibatida bir kishi halok boʻldi

Chilonzorda qurilish krani qulashi oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida minorali qurilish krani agʻdarilganligi aks etgan video tarqaldi.

IIBBga koʻra, joriy yilning 8 sentabr kuni Chilonzor tumani, Tirsakabod koʻchasida olib borilayotgan qurilish hududida, minorali qurilish kranini oʻrnatish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi taʼminlamaganligi sababli kran qulab tushgan.

Natijada oʻrnatish ishlarini olib borayotgan yollanma ishchi 2000 yilda tugʻilgan L.A. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, yollanma ishchilar 2004 yilda tugʻilgan I.Q. hamda 2000 yilda tugʻilgan M.A. turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari ("Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlishi") bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid