HAMAS Gʻazodagi hokimiyatni topshirishga tayyorligini bildirdi
Harakat buning uchun oʻt ochishni toʻxtatish kafolatini talab qilmoqda. Isroil hozircha bu bayonotga javob qaytarmadi.

HAMAS hokimiyatni mustaqil falastinliklarga topshirishga rozi boʻldi.
Falastinning HAMAS harakati oʻt ochishni toʻxtatish kafolatini olgandan soʻng, mustaqil falastinliklarga vakolatlarini zudlik bilan topshirishga tayyorligini bildirdi. Harakat bayonoti oʻzining Telegram-kanalida eʼlon qilingan.
“HAMAS urushni toʻxtatish, Gʻazo sektoridan qoʻshinlarni toʻliq olib chiqish va hududni mustaqil falastinliklar tomonidan boshqarish qoʻmitasini shakllantirish boʻyicha aniq bayonot beradi. Evaziga barcha garovga olinganlarni ozod qilish masalasini muhokama qilish uchun zudlik bilan muzokaralar stoliga oʻtirishga tayyorligini tasdiqlaydi”, — deyiladi RIA "Novosti" xabarida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp HAMASdan Gʻazo sektoridagi mojaroni tartibga solish shartlarini qabul qilishni talab qilib, bu “oxirgi ogohlantirish”ni eʼlon qilgan.
HAMAS Gʻazoda hokimiyatni 2007 yildan buyon nazorat qilib keladi.
Gʻazodagi vaziyat
AQSh prezidenti Donald Tramp Gʻazo sektoridagi mojaroni hal qilish boʻyicha kelishuvlarga yaqin vaqt ichida erishiladi, deya hisoblaydi.
“Oʻylaymanki, Gʻazo boʻyicha tez orada kelishuvga erishamiz”, dedi janob Tramp jurnalistlarga.
Isroil soʻnggi oylarda urushni yangi bosqichga olib kirdi. Natijada Gʻazo shahrining 40 foizi bosib olindi. Qurbonlar soni 55 ming kishidan oshdi.