Feruza Hamidova Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi
Avval bu lavozimda ishlab kelgan Omonulla Nasritdinxodjayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan vazirlikdan ketdi.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi.
5 sentabr kuni Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islamov rahbarligida markaziy apparat departament, boshqarma, boʻlimlar boshliqlari, timizosti korxona hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirokida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Feruza Hamidovaning Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani eʼlon qilindi.
Shuningdek, Omonulla Zabixullayevich Nasritdinxodjayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etilgani qayd etildi. Omonulla Nasritdinxodjayev avval moliya vaziri oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.