AQSh 39 nafar oʻzbekistonlikni deportatsiya qildi
Ular maxsus reys orqali orqaga qaytarildi. Qoʻshma Shtatlar hamkorlik uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirgan.

7 sentabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlaridan Oʻzbekistonga deportatsiya reysi amalga oshirildi.
Unda AQShda qonuniy qolish huquqiga ega boʻlmagan 39 nafar Oʻzbekiston fuqarosini qaytarildi. Ushbu parvoz AQSh oʻz chegaralarini mustahkamlash boʻyicha olib borayotgan davomli harakatlar tizimining navbatdagi qismi hisoblanadi, deyiladi AQSh elchixonasi xabarida.
"AQSh noqonuniy immigratsiyaga barham berish, mamlakat chegaralari va fuqarolarini himoya qilishga qatʼiy bel bogʻlagan. AQShga noqonuniy kirib kelganlar qamaladilar va deportatsiya qilinadilar. Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekiston hukumatiga AQShning deportatsiya jarayonlarini amalga oshirishdagi yaqin hamkorligi uchun oʻzining chuqur minnatdorchiligini yana bir bor izhor etadi", deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp hokimiyatga kelgach, mamlakatda noqoqonuniy muhojirlarga qarshi choralar kuchaytirildi.
Avval AQSh tomoni viza berilgan 55 mln kishi tekshirilishini bildirgandi.