platina.uz
Davlat xaridlari

3,5 mlrd soʻmga yaqin davlat xaridlarida kamchiliklar aniqlandi

"Shargʻun koʻmir" buyurtmachiligida oʻtkazilgan tanlovda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilgan. 

3,5 mlrd soʻmga yaqin davlat xaridlarida kamchiliklar aniqlandi

3,5 mlrd soʻmga yaqin davlat xaridlarida kamchiliklar bartaraf etildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida oʻrganishlar oʻtkazildi.

Surxondaryo viloyati

Hududiy boshqarma tomonidan “SHARG‘UN KO‘MIR” AJ buyurtmachiligida oʻtkazilgan boshlangʻich narxi 1,8 mlrd soʻmga yaqin boʻlgan tanlovda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining savdolarga oid qismini buzilishi holatlari aniqlandi.

Natijada buyurtmachiga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, Maxsus komissiya tomonidan qonunbuzilishini bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatma berildi hamda moliyaviy jarima hisoblandi.

Shuningdek, Angor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan boshlangʻich narxi 1,3 mlrd soʻmga yaqin boʻlgan tanlov savdolarida raqobatga zid holatlar aniqlandi.

Ushbu qonunbuzarlik asosida Maxsus komissiya tomonidan ish qoʻzgʻatildi.

Buyurtmachi tashkilot mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari koʻrish uchun tegishli sud organiga maʼlumot yuborildi.

Jizzax viloyati

Hududiy boshqarma tomonidan elektron maxsus axborot tizimidagi maʼlumotlardan foydalangan holda monitoring oʻtkazilgan.

Jarayonda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali tomonidan "Ofis jihozlarini xarid qilish" boʻyicha oʻtkazilgan boshlangʻich narxi 401 mln soʻmlik tanlov savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilganligi aniqlandi.

Natijada buyurtmachiga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, Maxsus komissiya tomonidan qonunbuzilishini bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatma berilib, buyurtmachi mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib sud organlariga yuborildi.

Avgust oyi oxirida 11 mlrd soʻmdan oshiq qonunga zid davlat xaridlari aniqlangandi.

Jumladan, Buxoro tibbiyot institutining 8,6 mlrd soʻmlik buyurtmasida raqobatni sunʼiy ravishda cheklovchi shartlar kiritilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid