platina.uz
Iqtisod

Qishloq xoʻjaligini “soya”dan chiqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi

Natijada fermer va dehqonlar ixtiyorida yiliga 300 milliard soʻm mablagʻ qoladi, yana 400 milliard soʻmlik soliqni qaytarib olish imkoniyati boʻladi.

Qishloq xoʻjaligini “soya”dan chiqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, malakali xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida qishloq xoʻjaligini “soya”dan chiqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.

Unga koʻra, kelasi yil 1 yanvardan boshlab, qishloq xoʻjaligi korxonalari dehqon va fermerlarga oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotini (gʻalla va paxtadan tashqari) sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi nol stavkada boʻladi.

Bu boʻyicha Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.

Shu bilan birga, mahsulotni yetishtirishda urugʻ, oʻgʻit, yoqilgʻi, transport, elektr kabi xarajatlar uchun hisobga olingan QQSni qaytarib berish amaliyoti ham saqlanib qoladi.

Natijada fermer va dehqonlar ixtiyorida yiliga 300 milliard soʻm mablagʻ qoladi, yana 400 milliard soʻmlik soliqni qaytarib olish imkoniyati boʻladi.

Umuman, bu yengilliklar soha vakillarining shaffof ishlashiga turtki beradi, joylarda yirik sanoatlashgan plantatsiyalar va qayta ishlash korxonalarining koʻpayishiga mustahkam zamin yaratadi.

Mutasaddilarga bu yangi tizimni dehqon va fermerlarga tushuntirib, samarali yoʻlga qoʻyish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ragʻbatlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Ayni paytda qishloq xoʻjaligida hamon yashirin iqtisodiyot ulushi yuqori. Yetishtirilgan mahsulotning hammasi ham hisobotlarda qayd etilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi 12 foizni tashkil etmoqda.

Mazkur masala Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ham koʻtarilgan edi. Davlat rahbari bu borada dehqon va fermerlarga qulaylik yaratish, soliq yukini yengillashtirish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatma bergandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid