platina.uz
Jamiyat

Angrenda dahshatli avariya sodir boʻldi

Hozircha rasmiylar qurbonlar haqida rasmiy maʼlumot berishni istamayapti.

Angrenda dahshatli avariya sodir boʻldi

Bugun, 7 sentabr soat 12:20 larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan oʻtgan A-373 "Toshkent-Oʻsh" xalqaro avtomobil yoʻlida bir nechta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Toshkent viloyati IIBBning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda (Odamlar oʻlishiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish).

Ayrim manbalar va guvohlarning xabariga koʻra, hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar bor. Ammo rasmiylar ular haqida axborot bermayapti.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid