platina.uz
Jahon

Tramp Pentagonni Urush vazirligiga aylantirmoqda

Biroq rasmiy nomni oʻzgartirish Kongressning roziligi talab qilinadi. Bu AQSh byudjetiga 1 mlrd dollarga tushishi mumkin. 

Tramp Pentagonni Urush vazirligiga aylantirmoqda

Tramp AQSh Mudofaa vazirligini Urush vazirligi deb qayta nomlash haqidagi farmonni imzoladi.

Ijroiy buyruq mashhur Oval kabinetdagi kameralar oldida imzolandi.

“Menimcha, bu gʻalaba va kuch-quvvatga sabab boʻladi va Qoʻshma Shtatlarning “Mudofaa departamenti”dan farqli ravishda harakat qilishga tayyorligini yaxshiroq aks ettiradi”, dedi Tramp.

Biroq, rasmiy nomni oʻzgartirish Kongressning roziligini talab qiladi.

Oq uy rebrending qanchaga tushishini hali eʼlon qilmagan, biroq Amerika OAVlarining hisob-kitoblariga koʻra, bu bir milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

Nomni oʻzgartirish yuzlab agentliklarga taʼsir qiladi va belgilarni, elektron pochta manzillarini, formalarni va boshqa koʻp narsalarni oʻzgartirishni talab qiladi.

Pentagon avval 1949 yilgacha Urush departamenti nomini olgandi.

Mudofaa vvaziri Pet Xegset ham allaqachon oʻz sahifalarida nomini urush vaziriga oʻzgartirgan.

Eslatib oʻtamiz, Tramp hokimiyatga kelgach,ayrim strategik nomlarni oʻzgartirmoqda. U avval Meksika koʻrfazini Amerika koʻrfaziga oʻzgartirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid