platina.uz
Jamiyat

Oʻtgan yili 900 ming ish oʻrni hisobotga qoʻshib yozilgani aniqlandi

 12 mlrd soʻmlik ish haqi talon-toroj qilingan, deydi Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev. 

Oʻtgan yili 900 ming ish oʻrni  hisobotga qoʻshib yozilgani aniqlandi

2024 yilda hisobotlarda haqiqatda mavjud boʻlmagan 900 mingga yaqin ish oʻrni kiritilgan. Bu haqda Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev maʼlumot berdi.

Bosh prokuror 5 sentabr kuni Senat majlisida mamlakatda kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlarini muhokama qilar ekan, bir qator jiddiy kamchiliklarni taʼkidladi.

Qayd etilishicha, 2024 yilda hisobotlarda haqiqatda mavjud boʻlmagan 900 mingga yaqin ish oʻrni kiritilgan, 78 ta holatda 12 mlrd soʻmlik ish haqi talon-toroj qilingan. Shu bilan birga, fuqarolarga toʻlanmay qolgan 11 mlrd soʻm miqdoridagi ish haqlari undirib berildi.

Shuningdek, prokuratura organlari oʻtgan yili 29 mingdan ortiq tadbirkor va investorlarning muammolarini hal qilishda amaliy yordam koʻrsatdi. Natijada 7 mingdan ortiq yangi korxona tashkil etilib, 22 mingga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish jarayonida esa 3 trln 449 mlrd soʻmlik soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash holatlari fosh etildi. Bundan tashqari, yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha nazorat mexanizmlaridagi kamchiliklar bartaraf etilib, davlat byudjetiga qoʻshimcha 200 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ tushishi taʼminlandi.

Avvalroq DXX Qurilish boshqarmasi yuristkonsulti va soliq inspektorini qoʻlga olgandi.

Fargʻonada esa “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi" mutaxassisi 15 ming dollar olayotganda ushlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid