platina.uz
Jamiyat

Endilikda ismni mashinaga raqam qilib qoʻyish mumkin boʻladi

Bu tartib 2026 yil 1 yanvardan amalda boʻladi. Nomlar qonunchilik va axloqiy normalarga xilof maʼnoga ega boʻlmasligi kerak. 

Endilikda ismni mashinaga raqam qilib qoʻyish mumkin boʻladi

Oʻzbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qoʻyish mumkin boʻladi.

Hukumatning 562-son qarori bilan Oʻzbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qoʻyishga ruxsat beriladi.

Hujjatga koʻra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat boʻlgan “noyob” davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolarini oʻtkazish orqali berish huquqi berildi.

Bunda “noyob” davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof maʼnoga ega boʻlmasligi kerak.

Masalan, endi koʻchalarda “ZEBO”, “ELBEK”, “AZIZA”, “ODIL” yoki “BUXORO” deb yozilgan raqamli mashinalarni koʻrishimiz mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid