platina.uz
Siyosat

Putin Oʻzbekistonga yangi elchi tayinladi

Avval mazkur lavozimda Oleg Malginov ishlab kelayotgandi.

Putin Oʻzbekistonga yangi elchi tayinladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan Oʻzbekistonga yangi elchi tayinlandi. Hujjat bugun, 5 sentabr kuni eʼlon qilingan.

Unga koʻra, Aleksey Yerxov Rossiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bungacha u Rossiyaning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.

Avval Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi sifatida Oleg Malginov ishlab kelayotgandi. U 2021 yilda lavozimga tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid