platina.uz
Jamiyat

Oʻzbek tilida xizmat koʻrsatmagan viza markaziga chora koʻriladi

“VFS Global” vakolatxonasi xizmatlarida faqat ingliz va rus tillari mavjud ekani aniqlangan. 

Oʻzbek tilida xizmat koʻrsatmagan viza markaziga chora koʻriladi

Davlat tilida xizmat koʻrsatmayotgan viza markazi boʻyicha chora koʻriladi.

Raqobat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida reklama va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Soʻnggi vaqtlarda Qoʻmitaga viza rasmiylashtirish xizmatlari bilan bogʻliq murojaatlar, xususan, viza markazlari va konsalting firmalarining faoliyatida davlat tiliga rioya qilinmayotgani yuzasidan fuqarolardan koʻplab eʼtirozlar kelib tushmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyatidan fuqaro X.Eshonqulov “VFS Global” vakolatxonasi xizmatlarida (ovozli menyu, operatorlar, hujjatlar) davlat tili qoʻllanilmayotgani hamda ish yuritish hujjatlarining faqat rus va ingliz tillarida boʻlayotganidan noroziligini bildirgan.

“Davlat tili haqida”gi Qonun talablaridan kelib chiqib, ushbu holat boʻyicha Qoʻmita tomonidan kompaniyaga tegishli choralar koʻrish va 10 kun ichida javob taqdim etish yuzasidan rasmiy murojaat yuborildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasida oʻzbek tili davlat tili maqomiga ega boʻlib, “Davlat tili haqida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan uning qoʻllanilishi qatʼiy tartibga solingan.

Qoʻmita tomonidan ushbu holat boʻyicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrilmoqda hamda davlat tilida isteʼmolchilarga toʻliq va tushunarli axborot taqdim etilishini taʼminlash masalasi nazoratga olingan, deyiladi.

Avvalroq UzAuto Motors necha yillik “qora anʼanasi”ni oʻzgartirishga majbur boʻlgandi.

Raqobat qoʻmitasi xaridorlarga beriladigan shartnoma shartlarini isteʼmolchilar huquqiga moslashtirishni bildirgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid