Konnor Makgregor Irlandiya prezidenti boʻlmoqchi
U tarafdorlarini mahalliy deputatlar bilan uchrashishga va nomzodini tasdiqlashga chaqirdi. Sobiq UFC jangchisi amaldagi hukumatni tanqid qilgan.

Sobiq UFC jangchisi Konnor Makgregor oʻz faoliyat sohasini tubdan oʻzgartirishga qaror qildi. U Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻyishini bildirdi.
Gap nima haqida?
Makgregor ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini nomzod qilib koʻrsatishi haqidagi xabarni eʼlon qildi. U tarafdorlarini nomzodini qoʻllab-quvvatlash uchun mahalliy kengash deputatlari bilan bogʻlanishga chaqirdi. Sobiq sportchi hech qanday qonun loyihasi xalq tomonidan maʼqullanmaguncha unga imzo chekmaslikka vaʼda berdi.
"Irlandiya fuqarolari, haqiqiy oʻzgarishlar vaqti keldi! Agar siz prezidentlik saylovlari uchun byulletenda mening ismimni koʻrishni istasangiz, bugun mahalliy okrugingiz deputatlari bilan bogʻlanib, meni nomzodimni koʻrsatishni soʻrashingizni soʻrayman", - dedi sportchi.
Makgregorning soʻzlariga koʻra, uning maqsadi oʻz hamjamiyatlari manfaatlari chetda qolmasligini va ularning oʻzlari “qaror qabul qilishda eshitiladigan va koʻrinadigan haqiqiy kuch” olishlarini taʼminlashdan iborat.
Uning taʼkidlashicha, hozirgi hukumat "mamlakatni qayta-qayta tushkunlikka tushirishda" davom etmoqda. Potensial nomzod allaqachon boshqa nufuzli doʻstlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
Milliarder Ilon Mask Makgregorni mamlakat prezidenti lavozimiga saylanishini maʼqulladi. Eslatib oʻtamiz, Irlandiya rahbari saylovi 24 oktabrga belgilangan.
Konor Makgregor 2021 yil Dastin Porega qarshi jangda oyogʻini sindirib olib, katta sportdan chetlanishga majbur boʻlgandi.