Alisher Usmonov Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari etib saylandi
Avval bu lavozimda Ikrom Muslimov ishlayotgandi.

Namangan viloyati sudi raisi lavozimida ishlayotgan Alisher Usmonov Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari - jinoiy sudlov hayʼati raisi etib saylandi.
Usmonov 2022 yildan buyon Namanganda ishlayotgandi. Undan avval fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston prezident davlat maslahatchisining oʻrinbosari sifatida ishlagan.
Ikrom Muslimov Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimidan ozod etildi.
U mazkur lavozimga 2024 yil sentabrda tayinlangandi. Umuman olganda, Muslimov Oliy sudda 2018 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi. Shuningdek, Nodira Xakimova Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi