Tramp maʼmuriyati amaldori Oʻzbekistonga kengaytirilgan tashrifni amalga oshirdi
Oq Uyning global hamkorlik boʻyicha maxsus vakili Paolo Zampolli Oʻzbekistonda muhim tadbirlarda qatnashdi. AQSh Markaziy Osiyoda savdo-sotiqni kengaytirish va muhim minerallarga qiziqmoqda.

Tramp maʼmuriyati mansabdori muhim minerallar kun tartibini ilgari surish maqsadida Oʻzbekistonga kengaytirilgan tashrifni amalga oshirdi.
Oq Uyning global hamkorlik boʻyicha maxsus vakili Paolo Zampolli 28 avgust kuni Toshkentda “AQSh diplomatiyasining kuchi va hayotiyligini qoʻllab-quvvatlovchi mustahkam aloqalarni” oʻrnatish maqsadini bildirgan. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi bayonotida aytiladi.
Tramp maʼmuriyatining Markaziy Osiyoga nisbatan tashqi siyosati savdoni kengaytirish va mintaqadagi muhim minerallarning moʻl zaxiralariga kirishni kengaytirishga katta eʼtibor qaratadi. Aprel oyida AQShning Toshkentdagi vakili Jonatan Xenik oʻz chiqishida 2025 yilning birinchi oylarida Qoʻshma Shtatlar va Oʻzbekiston oʻrtasidagi diplomatik aloqalar “misli koʻrilmagan” darajaga chiqqanini aytgandi.
Zampolli Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham qabul qilindi.
“Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston-AQSh strategik sherikligi va koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi”, — deyiladi Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati tarqatgan xabarda. “Konstruktiv siyosiy muloqot rivojlanmoqda”, — deyiladi bayonotda.
Mineral resurslar, aviatsiya, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi, raqamli texnologiyalar, moliya, innovatsiyalar, taʼlim va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlik loyihalarini ilgari surish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
AQSh elchixonasi bayonotida Zampolli Oʻzbekistonda turli ommaviy diplomatiya tadbirlarida ishtirok etishi qayd etilgan.
Oʻzbekiston Mustaqilligi bayramini nishonlash marosimida ishtirok etishi, kelasi yili AQShda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati turnirida ishtirok etadigan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinchilari bilan uchrashishi, Amerika qadriyatlarini targʻib qilishga bagʻishlangan “American Corner Tashkent”ning ochilish marosimida ishtirok etishi ana shu tadbirlardan iborat edi.
Zampolli Trampning uzoq vaqtdan beri ishbilarmon yaqin hamkori va Dominikanning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi elchisi sifatida ishlagan.
Avaalroq Trampning Toshkentda tugʻilgan yaqin odami Hindistonga elchi boʻlishi aytilgandi.