platina.uz
Siyosat

TIV rahbari Fransiya elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Ualid Fuk yaqinda missiyasini yakunlagan Oreliya Bushez oʻrnida ish boshladi. 

TIV rahbari Fransiya elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Oʻzbekiston TIV rahbari Fransiya elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Vazirga koʻra, Fransiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar soʻnggi yillarda yuqori surʼatlar bilan rivojlanib, strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan.

"Fransiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Ualid Fuk janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalari qabul qildik.

Bugungi kunda hamkorlik iqtisodiyotdan tortib madaniyatgacha boʻlgan barcha sohalarni qamrab olmoqda. Shu bilan birga, mavjud salohiyat yanada keng boʻlib, uni toʻliq roʻyobga chiqarish uchun diplomatlarimizning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi", deya maʼlum qildi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.

Eslatib oʻtamiz, avvalgi elchi Oreliya Bushez avgust oyida missiyasini yakunlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid