Paulu Bentu Oʻzbekiston taklifini rad etdi
Murabbiy OʻFA bilan shartnoma shartlarini kelisha olmagan.

Paulu Bentu Oʻzbekiston taklifini rad etdi.
Futbol boʻyicha Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Paulu Bentu Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi, deb xabar beradi “A Bola”.
Nashrning yozishicha, portugaliyalik mutaxassis shartnoma shartlari kutganlariga mos kelmasligi sabab, taklifni rad etgan.
56 yoshli Paulu Bentu bungacha “Sporting”, “Kruzeyro”, “Olimpiakos” va “Chongsin Lifan” klublarini boshqargan. Uning xalqaro maydonda Portugaliya (2010-2014), Janubiy Koreya (2018-2022) va BAA (2023-2025) terma jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishlagan.
Oʻzbekiston va murabbiylar
Jahon chempionatiga chiqqan Oʻzbekiston xorijdan murabbiy olib kelishga urinmoqda.
Avvalroq Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarish boʻyicha xuddi shunday taklifni Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov va Turkiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fotih Terim rad etgandi.