platina.uz
Jahon

OAV: Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri hibsga olindi

U Xitoydagi siyosiy tadbirlardan qaytib kelgach ushlangan. Tadbirkor Gadji Gadjiyev ham qoʻlga olingani aytilmoqda. 

OAV: Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri hibsga olindi

Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu va tadbirkor Gadji Gadjiyev hibsga olindi. Bu haqda Orda nashri xabar bermoqda.

Nashr xabariga koʻra, 4 sentabr kuni tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, tadbirkor Gadji Gadjiyev va Milliy xavfsizlik qoʻmitasining bir qator yuqori martabali amaldorlari hibsga olingan.

Huquq-tartibot organlaridagi manbalar maʼlumotni tasdiqladi.

Nurtleu oʻz uyida hibsga olingan — bir kun avval u ShHT sammitida ishtirok etib, Xitoydan qaytib kelgan. Tergovchilar vazir va Gadjiyevning uylarida tintuv oʻtkazdi. Hibsga olingan xavfsizlik qoʻmitasi rahbarlarining ismlari hozircha maʼlum emas.

Nurtleu 2023 yilda tashqi ishlar vaziri etib tayinlangandi. U avval prezident administratsiyasi rahbari lavozimida ishlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid