platina.uz
Jahon

AQSh yaqin yillar ichida Marsga odam uchirmoqchi

Bundan tashqari mamlakat Oyda baza qurish uchun tegishli yuklarni joʻnatishni boshlashni rejalashtirmoqda. 

AQSh yaqin yillar ichida Marsga odam uchirmoqchi

AQSh 2030-yillar boshida Marsga astronavtlarni yuborishga umid qilmoqda.

Bu haqda transport vaziri va NASA direktori vazifasini bajaruvchi Shon Daffi Fox News telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar birinchi navbatda Oyda baza qurish uchun yuklarni joʻnatishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Keyin, 2030-yillarning boshida astronavtlar sakkiz oy davom etadigan missiyada Marsga boradilar.

Janob Daffi, shuningdek, rejalarga koʻra, 2026 yil aprel oyida toʻrtta astronavt boʻlgan kema Oy atrofida parvoz qilishi, keyin esa 8-12 kun davomida qoʻnish amalga oshirilishini aytdi.

Avvalroq NASA rahbari agentlik Oyga Donald Trampning prezidentlik muddati tugaguniga qadar (2029 yil) qoʻnishni kutayotgani haqida xabar bergan edi.

Avvalroq SpaceX'ning Starship raketasi muvaffaqiyatli uchirilgani xabar berilgandi.

Obʼekt sakkizta Starlink sunʼiy yoʻldoshini koinotga olib chiqdi. Soʻngra Hind okeaniga tushib, portlab ketgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid