platina.uz
Jahon

Tramp Xitoyda yigʻilgan uch harbiy diktator haqida gapirdi

AQSh rahbari Xitoy, Rossiya va KXDR yetakchilarini "fitna"ga tayyorlanishda ayblab chiqdi. 

Tramp Xitoyda yigʻilgan uch harbiy diktator haqida gapirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydagi paradda Vladimir Putin, Si Szinpin va Kim Chen In uchligiga eʼtibor qaratdi.

Tramp Pekinda oʻtayotgan Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligini nishonlash marosimini sharhlar ekan, Xitoy rahbari Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In “AQShGA qarshi fitna uyushtirayotganini” aytdi.

Tramp fitna deganda nimani nazarda tutganini izohlamagan.

"Xitoy Xalq Respublikasi raisi va xalqiga ajoyib va ​​unutilmas bayram tilayman. Iltimos, Vladimir Putin va Kim Chen Inga eng samimiy tilaklarimni yetkazing. Ular AQShga qarshi fitna uyushtirmoqda", - deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.

Amerika rahbari, shuningdek, "AQSh Xitoyga dushman boʻlgan xorijiy bosqinchi - militaristik Yaponiyadan ozod boʻlishi uchun unga koʻrsatgan ulkan yordam va toʻkilgan qonlarni" esladi.

"Koʻplab amerikaliklar Xitoyning gʻalabasi va shon-sharafi uchun kurashda halok boʻldi. Umid qilamanki, ular haqli ravishda sharaflanadi va jasorat va fidoyiliklari uchun eslanadi", - deb yozgan Tramp.

Eslatib oʻtamiz, 3 sentabr kuni Pekinda militaristik Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalabaning 80 yilligi va Ikkinchi jahon urushi yakuniga bagʻishlangan harbiy parad oʻtdi.

Unda Xitoy qator qudratli qurollarni koʻrsatdi. Jumladan, dunyoning istalgan nuqtasini nishonga oladigan raketani namoyish etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid