platina.uz
Jamiyat

Toshkentda tunda harakatlanuvchi avtobuslar yoʻlga qoʻyiladi

Ularda yoʻlkira narxi odatiy jamoat transporti bilan bir xil boʻladi.   

Toshkentda tunda harakatlanuvchi avtobuslar yoʻlga qoʻyiladi

Poytaxtda tungi vaqtda harakatlanuvchi, turizm bilan bogʻliq koʻchalarni oʻzaro bogʻlovchi jamoat transporti yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarorida aytiladi.

Qaror 2025 yil 3 sentabr kuni qabul qilingan.

Unga koʻra, Toshkent shahar Transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasining brutto-shartnoma asosida turizm koʻchalari orqali harakatlanuvchi tungi avtobus yoʻnalishlarini tarmogʻi yuzasidan bergan taklifi maʼqullandi.

Bunda tashkil etilayotgan “turizm koʻchalari”ni bogʻlovchi tungi jamoat transporti yoʻnalishlari qatnovlarni amalga oshirish uchun yoʻlkira haqi Toshkent shahrining jamoat transporti yoʻnalishlari bilan bir xil etib belgilanadi. Yoʻnalishlar zamonaviy talablarga javob beradigan, konditsionerli, Wi-fi, videokuzatuv tizimiga ega hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan avtobuslarda tashkil etilishi inobatga olinadi.

Toshkent shahar Turizm boshqarmasi (M.Abjalov), Toshkent shahar Transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi (M.Ikramov) mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda:

- tashkil etiladigan tungi jamoat transporti yoʻnalishlari haqidagi axborotni aholi va turistlar oʻrtasida keng targʻib etish;

- yoʻnalishlar, harakat jadvali, foydalanish shartlari va qulayliklar haqidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy ravishda yoritish vazifalarini zimmasiga oladi.

Avgust oyida Qoraqalpogʻistonda jamoat transporti narxi oshgandi.

Bu haqda Vazirlar Kengashi qaror chiqargan. Hujjat eʼlon qilingandan darhol kuchga kirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid