Oʻzbekiston Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi
Bunga avgust oyida rossiyalik shaxsning oʻzbekistonliklarni haqorat qilgani sabab boʻlgan.

Oʻzbekiston Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Ahror Burhonov maʼlum qildi.
Notaga rossiyalik shaxsning haydovchi bilan tortishib qolib, buning ortidan oʻzbekistonliklarni haqorat qilgani sabab boʻlgan.
Hodisa Moskva oblastida roʻy bergan, rossiyalik shaxs oʻzbekistonlik haydovchini haqorat qilgan. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan bayonotida "Oʻzbekiston fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida davlat himoyasida" ekanini bildirdi.
TIV xorijda huquqlari buzilgan fuqarolarni darhol oʻsha davlatning huquq-tartibot organlariga va diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilishga chaqirdi.