platina.uz
Jahon

Kreml Trampning fitna haqidagi soʻzlariga javob qaytardi

Putinning yordamchisi Rossiya tomoni AQSh rahbarining iddaosini inkor etishini bildirgan. 

Kreml Trampning fitna haqidagi soʻzlariga javob qaytardi

Kreml tomoni AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya, Xitoy va KXDR rahbarlari oʻrtasidagi “fitna” haqidagi xabarini oʻqib chiqdi, dedi Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov.

“Ijtimoiy tarmoqlarda Trampning Rossiya, Xitoy va KXDR oʻrtasida AQShga qarshi goʻyoki “fitna” tuzilayotgani haqidagi gaplarini oʻqidik. Bu asosga ega emas. Hech kim fitna tuzish haqida oʻylamayapti. Uchchala rahbardan birontasi bu haqda oʻylagani ham yoʻq”, — dedi Ushakov “Rossiya 1” telekanali jurnalisti Pavel Zarubinga.

Shuningdek, Ushakov Trampning xalqaro maydondagi muhim shaxs ekanini eʼtirof etgan.

3 sentabrda Pekinda Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarshi qarshilik urushi va Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlar, jumladan, Tyananmen maydonida keng koʻlamli harbiy parad boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida Pekindagi harbiy parad haqida yozgandi.

Uning aytishicha, Rossiya, Xitoy va KXDR AQShga qarshi “fitna” rejalashtirmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid