platina.uz
Jahon

Bashar Asadni qamashga order berildi

Suriyaning Moskvaga qochgan sobiq lideriga urush jinoyati va boshqa ayblovlar qoʻyilgan. 

Bashar Asadni qamashga order berildi

Suriya sobiq rahbarini qamashga order berildi.

Fransiya Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Assad va yana olti nafar yuqori martabali sobiq amaldorni hibsga olishga order berdi, deb xabar bermoqda France 24.

Maʼlumotlarga koʻra, bu 2012 yilda ikki jurnalistning oʻlimiga sabab boʻlgan Xoms shahridagi portlash bilan bogʻliq. Fransiya rasmiylari voqeani insoniyatga qarshi potensial jinoyat va urush jinoyati sifatida tekshirmoqda.

Bashar Asaddan tashqari, orderlar uning ukasi Maher Asad, 4-Suriya zirhli diviziyasining sobiq rahbari, razvedka boshligʻi Ali Mamluk va armiya shtabining sobiq rahbari Ali Ayubga tegishli.

Asad va Suriya

Eslatib oʻtamiz, Bashar Asad 2024 yil dekabrida hokimiyatdan agʻdarilgan edi. U oilasi bilan Rossiyadan boshpana olgan. Shundan beri omma koʻzidan chetda yashab kelmoqda.

Bashar Asad mamlakatni 2000-2024 yillarda boshqardi. 2011 yilda boshlangan namoyishlar qonli urushga aylanib ketdi. Yuz minglab kishilar halok boʻldi, millionlab kishilar esa qochoqqa aylandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid