platina.uz
Jamiyat

Piskentdagi poligonda avtomobillarni tekshirish amaliyoti toʻxtatilmoqda

Bu respublikada rasmiy dilerlar va servis markazlari soni keskin oshganligi bilan izohlangan. 

Piskentdagi poligonda avtomobillarni tekshirish amaliyoti toʻxtatilmoqda

Piskentdagi poligonda avtomobillarni sinovdan oʻtkazish amaliyoti toʻxtatildi.

2025 yil 2 sentabrdan avtomobillarni Piskent sinov majmuasida sinovlardan oʻtkazish amaliyoti toʻxtatiladi. Bu haqda texnik jihatdan tartibga solish agentligi xabar berdi. Endilikda bu tartibga ehtiyoj qolmagan.

Agentlikning bildirishicha, mazkur tartib kuchga kirgan payt, yaʼni 2024 yilning 1 noyabr holatiga mamlakatda faqatgina 3 ta dilerlik markazi faoliyat yuritgan va ular atiga 15 ta avtomodel uchun turini maʼqullash hujjatini olgan boʻlsa, bugunga kelib, respublikada 21 ta xorijiy kompaniyalar rasmiy dilerlari ish boshlagan va 100 dan ortiq avtomobil rusumlariga turini maʼqullash hujjatlari rasmiylashtirilgan.

“Shu munosabat bilan, respublikamizda rasmiy dilerlar va servis markazlari soni keskin oshganligi hamda isteʼmolchilarning rasmiy dilerlar bilan ishlash amaliyoti joriy etilganligini inobatga olib, 2025 yil 2 sentabrdan avtomobillarni Piskent avtopoligonida sinovdan oʻtkazish amaliyoti toʻxtatiladi”, – deyiladi xabarda.

Poligon haqida

Eslatib oʻtamiz, yil boshida Piskent tumanidagi avtomobil sinov poligoni uzundan uzun navbatlar tufayli keskin eʼtirozlarga sabab boʻlgandi.

Poligonda koʻpincha transport vositalarini sinovdan oʻtkazish uchun katta yuzaga kelardi. Shuningdek, navbatlardan tashqari avtomobillar egalari 1 dona elektromobilni sertifikatlashtirish uchun xizmat koʻrsatish narxi 4 mln 479 ming 888 soʻm toʻlashgan. Gibrid, benzin hamda dizel yoqilgʻisida harakatlanuvchi yengil turdagi avtotransport vositasi uchun toʻlov qiymati 5 mln 599 ming 888 soʻm toʻlangan.

Sinovlar agentlikning shuʼba korxonasi — "Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi (UzTest) tomonidan oʻtkazib kelingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid