platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida oʻndan oshiq kelishuvlar imzolandi

Ular ichida madaniyat markazlari, tibbiy hamkorlik, texnik-iqtisodiy va inson resurslari boʻyicha bitimlar bor. 

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida oʻndan oshiq kelishuvlar imzolandi

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida qator kelishuvlar imzolandi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR Raisi Si Szinpinning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralari yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻldi. Shu jumladan:

– “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini oʻzaro bogʻlash boʻyicha hamkorlik dasturi;

– Madaniyat markazlarini oʻzaro taʼsis etish toʻgʻrisida bitim;

– Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim.

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlar ham imzolandi:

– Oʻzbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish boʻyicha;

– texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida;

– muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Oʻzbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari toʻgʻrisida;

– kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish toʻgʻrisida;

– raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha;

– raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha;

– Samarqand viloyati va Tyanszin shahri oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida;

– Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga koʻmaklashish kengashi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida.

2 sentabr kuni Pekin shahrida Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokidagi muzokaralari ham boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid