Gretsiyada oʻquvchi yetishmasligi sabab yuzlab maktablar yopildi
Mamlakatda tugʻilish darajasi Yevropa Ittifoqidagi eng past koʻrsatkichlardan sanaladi. Bir ayolga 1,3 farzand toʻgʻri keladi.

Gretsiyada tugʻilish kamligi sabab yuzlab maktablar yopildi.
Gretsiya Taʼlim vazirligi joriy oʻquv yilida 721 ta maktab, yaʼni mamlakat umumiy maktablari sonining 5 foizi ishlamasligini maʼlum qildi. Kathimireni nashrining soʻzlariga koʻra, tugʻilish darajasi pastligi sababli sinflarda oʻquvchilar yetarli emas.
Gretsiyada tugʻilish darajasi yoki uning reproduktiv davridagi ayol boshiga tirik tugʻilganlar soni Yevropa Ittifoqidagi eng past koʻrsatkichlardan biri boʻlib, 1,3 ni tashkil qiladi. Bu boshqa narsalar qatori maktab oʻquvchilari sonining kamayishiga olib keladi.
Amaldagi tartiblarga koʻra, har bir maktabda kamida 15 nafar oʻquvchi boʻlishi kerak.
Oʻquvchilar etishmasligi muammosi nafaqat chekka qishloqlarda yoki orollarda, balki yirik shaharlarda, jumladan Afinada ham boshlangʻich maktablarda eng keskindir. Taʼlim vazirligining hisob-kitoblariga koʻra, 2025/26 oʻquv yilida maktab oʻquvchilarining umumiy soni 1,21 millionni tashkil qiladi. Bu 2018/19 oʻquv yiliga nisbatan 150 ming kishiga kam va mamlakat uchun rekord darajadagi past koʻrsatkichdir.
Mamlakatning umumiy aholisi soni 10 milliondan koʻproqdir.