Futbolchilar qanday narxlanadi?
Quldorlik tugatilgan bugungi zamonamizda sportchini olib-sotish jarayonini qanday tushunish kerak? Quyida bu haqda fikr yuritamiz.

250 mingdan - 150 million yevrogacha! Nega bir futbolchi Toshkentdagi kvartira kabi "qimmat" boʻlsa, boshqasi Manhettendagi osmonoʻpar binodek qimmat?
Biror futbolchi haqida soʻz borsa, uning qaysi sport kulbiga qancha pulga sotilgani yoki ijaraga berilgani borasidagi raqamlar ham keltirib oʻtiladi. Quldorlik tugatilgan bugungi zamonamizda sportchini olib-sotish jarayonini qanday tushunish kerak? Umuman, biror futbolchiga narx belgilashda nimalarga eʼtibor beriladi?
Futbolchining “narxi”da nimalar yashirin?
Aslida hamma narsa raqamdan emas, maydondagi energiyadan boshlanadi: oʻyinchining yoshi, jismoniy xususiyatlari, pozitsiyasi, formasi, muvaffaqiyatlari va hokazolar. Hujumchilar va assist ustalari anʼanaviy ravishda qimmat baholanadi — ularning gollari oʻyin taqdirini hal qiluvchi lahzalarda ochiq koʻrinadi. Yosh futbolchilar (masalan, Erling Xoland) —qimmatroq boʻlsa, 30 yoshdan yuqori oʻyinchilar arzonroq boʻladi. Albatta bu jarayonda ham istisnolar boʻlib turadi.
Futbolchi va klublar oʻrtasida tuziladigan shartnoma va uning muddati ham muhim oʻrin egallaydi. Agar shartnoma muddati tez orada tugayotgan boʻlsa, futbolchining qiymati tushadi yoki u Bosman qoidasi bilan bepul ketishi mumkin. “Klausul toʻlovlari” (buyout clause ) esa sotib olishni nazorat qiladi. Bunga Neymarni misol qilish mumkin – u 222 mln yevro evaizga “Barselona”dan PSJga oʻtgan edi.
Bozor ajiotajini ham unutmaslik kerak: ommaviy xayp, Jahon chempionatida kabi xalqaro turnirlardagi muvaffaqiyatlar, forma va agent taʼsiri — futbolchining narxini yuzlab marta qimmatlashtirib yuborishi mumkin.
Narx nega oʻsib yoki pasayib turadi?
Bir misol: oʻyinchi al-Tallit — yosh forvardning formasi va potensiali uchun Benfikadan «Liverpul»ga 75 mln yevro narxda oʻtdi.
Kilian Mbappe esa «Real»ga transfer qilmasdan bepul oʻtdi, lekin klub 100–180 mln yevro miqdorida bonus va yuqori maosh berdi — bu yerda transferning oʻrni imij va maydondagi futbol bilan qoplandi.
Shuningdek, klublar oʻyinchini shoshilinch sotishga majbur boʻlsa — narx tushishi mumkin. Aksincha, futbolchidan voz kechishni istamaydigan klublar qoʻshimcha mukofot talab qiladi — xuddi Rayan Giggz misolida boʻlgani kabi. Bozor iqlimi ham masalani hal qiladi. Masalan, 2008 yilgi moliyaviy inqiroz kabi sharoitlar xarajatni cheklaydi.
Transferlar: parda ortidagi jarayonlar
Hammasi skauting bilan boshlanadi — raqamli tahlil, maʼlumotlar va klub madaniyati nishondagi futbolchilarga dastlabki taxminiy narxni bichadi. Keyin — klub, agent va futbolchi oʻrtasidagi muzokaralar: sell-on clause (masalan, istiqboldagi qayta sotuvdan 10 foiz trast ulushi) va i performance add-ons – futbol maydonidagi natijalari, bonuslar va shartnoma shartlari belgilanadi.
Shu bilan birga natural klouzerlar - sell-on clause tatbiq etiladi. Masalan, «Villem II» klubi De Yongani arzonga sotgan boʻlsa ham, keyingi “qoʻlga” sotishdan katta bonus oldi.
Shartnoma imzolanganidan keyin — tibbiy koʻrik, taqdimot, shaxsiy kontrakt (maosh, imij huquqi, bonuslar) tuziladi. Masalan, Mbappe — besh yillik shartnoma bilan 15 mln yevro maosh va 85 mln miqdoridagi bonuslarni olgan edi.
Mojarolar girdobida
2025 yilda MLS transferlarga rekord miqdorda — 336 mln dollar sarflab, bir yilda 75% oʻsishni koʻrsatdi. Son Xing Min LAFC’ga 26.5 mln dollarga oʻtdi. Wrexham klubi 23.65 mln funt-sterling sarflab, birorta yopilmagan transfersiz moliyaviy choʻqqiga chiqdi.
Shuningdek, xolding ichidagi manyovrlarni ham unutmaslik lozim: Julio Ensiso transferi misolida — BlueCo guruh ichidagi transferlar orqali moliyaviy cheklovlarni aylanib oʻtmoqda va muxlislar noroziligini keltirib chiqarmoqda.
“Transfermarkt” sayti futbolchilar qiymatini qanday hisoblaydi?
Hozirda futbol muxlislari orasida Transfermarkt transfer narxlari boʻyicha deyarli rasmiy orakulga aylandi. Doʻstingiz: «Falonch oʻyinchi 60 million turadi», — degan paytda, 90% ehtimol bilan u shunchaki Transfermarkt sahifasini ochgan va raqamni koʻrgan. Ammo bu raqam ortida nima yotadi?
Transfermarkt — bu dunyodagi eng yirik futbolchilar, transferlar va bozor baholari bazasi. U 2000 yili Germaniyada tashkil etilgan va shundan beri skautlar, agentlar, tahlilchilar hamda... izohlarda bahslashuvchi futbol muxlislari uchun asosiy maʼlumot manbai boʻlib kelmoqda.
Lekin esda tuting: Transfermarkt rasmiy va qatʼiy narxni koʻrsatmaydi. Bu — baholash, xuddi avtobozorda avtomobilning narxini taxmin qilishdek gap: mashina narxi pirovardida uning ishlab chiqarilgan yili, yurgan masofasi, talab va holatga bogʻliq.
Transfermarkt narxni qanday shakllantiradi?
Transfermarkt oʻz usulini «mutaxassislar kelishuviga asoslangan bozor bahosi» deb ataydi. Unda quyida asosiy omillar eʼtiborga olinadi:
1. Sport formasi
• Qancha gol uradi?
• Qancha oʻyinda qatnashadi?
• Oʻyin natijasiga taʼsir qilyaptimi?
Misol: Xvicha Kvaratsxeliyaning ("Napoli") narxi atigi 6 oyda 10 mln yevrodan 60 mln yevrogacha koʻtarildi. Bu uning ajoyib formasi va gollarga boy sermahsul oʻyin mavsumi tufayli yuz berdi.
2. Yoshning ahamiyati
• Agar futbolchi18 yoshda boʻlib, Chempionlar Ligasida asosiy tarkibda oʻynasa – uning narxi oltin bilan teng boʻladi.
• 34 yoshdami? Hatto u yaxshi boʻlsa ham, bu — «yonib tugayotgan aktiv».
Misol uchun Jud Bellingem 20 yoshida koʻplab tajribali yulduzlardan qimmat baholanmoqda — u hali kamida 10 yil yuqori darajada oʻynashi mumkin.
3. Pozitsiya va nodirlik
• Markaziy hujumchilar va kreativ yarim himoyachilar qimmat turadi.
• Chap/oʻng himoyachilar va darvozabonlar — agar super yulduz boʻlmasa — odatda arzonroq boʻladi.
Masalan, Ashraf Hakimiy — oʻng himoyachi, tezlik, texnika va barqarorlikni mukammal uygʻunlashtirgan. Uning narxi hozircha 60 mln yevrodan pastga tushmaydi.
4. Shartnoma
• Agar shartnomaning tugashiga 6 oy qolgan boʻlsa — narx pasayadi. Futbolchi bepul ketishi ham mumkin.
• Agar shartnoma uzoq muddatli boʻlsa va «klausula» mavjud boʻlsa — klub yuqori baho talab qiladi.
Misol: Mbappe 2024 yil yozida «Real»ga bepul oʻtdi. Ammo Transfermarkt uning PSJ bilan shartnomasi tugashidan bir yil oldin narxini tushirgan edi.
5. Klub va liganing darajasi
• «Barselona» yoki «Arsenal» futbolchisi — statistika bir xil boʻlsa ham — «Bryugge» futbolchisidan qimmatroq baholanadi.
• «Top-5» ligalari (APL, La Liga, Bundesliga, Seriya A, Liga 1) — narxni avtomatik ravishda oshiradi.
6. Xalqaro turnirlar
• Oʻyinchi Jahon chempionati yoki Yevro chempionatida porladimi? Narxi ham "portlaydi".

Misol: JCh-2018 dan soʻng Luka Modrichning (yoshi kattaligiga qaramay) narxi oshdi, Mbappe esa butun bozorni larzaga soldi.
7. Jamoatchilik fikri va mutaxassislar kengashi
Transfermarkt da maxsus moderatorlar va tahlilchilar guruhlari ishlaydi. Shu bilan birga forumlarda ekspertlar va foydalanuvchilar ishtirokidagi muhokamalar ham hisobga olinadi. Narhlar kelishuv orqali baholanadi va yangilanadi.
Narhlar qancha vaqtda yangilanadi?
Transfermarkt butun jahon boʻyicha yangilanishlarni har bir necha oyda amalga oshiradi. Qoʻshimcha ravishda quyidagi vaziyatlarda narx yangilanadi:
• Transferlardan soʻng
• Yirik turnirlardan keyin
• Uzoq muddatli jarohatlardan keyin
• Klubni almashtirgan paytda
Transfermarkt — haqiqatmi?
Ham «ha», ham «yoʻq». Transfermarkt — bu yoʻnaltiruvchi tayanch raqam, lekin rasmiy hujjat emas. Klublar va agentlar undan yoʻllanma sifatida foydalanishadi, lekin muzokaralarda barchasini talab va taklif hal etadi. Aslini olganda Transfermarkt’dagi narxlarni shu portal oʻquvchilarining fikri belgilaydi.
Misol uchun, Transfermarkt futbolchini 30 mln yevro, deb baholashi mumkin, lekin uni 3 ta top-klub oʻziga olishni istayotgan boʻlsa, narxi darrov 50–60 mln yevroga chiqadi.
Yoki aksincha: futbolchi 40 mln yevroga baholangan. Ammo klubga pul zarurligi bois uni 25 mln yevroga sotishga rozi boʻladi.
Kim narx oʻzgarishini boshqaradi?
Transfermarkt har bir mintaqada alohida tahlilchi, moderator va mutaxassislar guruhiga ega. Ular statistikani tahlil qiladi, oʻyinlarni kuzatadi, matbuotni oʻqiydi, agentlar bilan muloqot qiladi. Shu orqali xolis va obʼektiv baholar yaratiladi.
Xulosa
Transfermarket — bu kelajakni bashorat qiluvchi folbin ham, maxfiy maʼlumotlarga ega agentlik ham emas. U — bozor haroratini oʻlchovchi termometr. Saytda koʻradigan narxlar — bu forma, vaziyat, talab va salohiyatning real vaqtidagi aksidir.
Bu sayt muxlislarni bahalashishga, klublarga yoʻnalish topishga, jurnalistlarga sarlavha yozishga, futbolchilarga esa maoshni oshirishlarini talab qilishiga yordam beradi.
Lekin haqiqiy futbol — bu raqamlar emas. Bu — muzokaralar, psixologiya, orzular va baʼzida — sehr va baxtli tasodiflardan tarkib topadigan moʻʼjizaviy sanʼat namunasidir.
Abulfayz Sayidasqarov