platina.uz
Iqtisod

Avgustda isteʼmol sektoridagi tovarlar 0,4 foizga oshdi

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tarvuz, qovun, karam, kartoshka eng koʻp qimmatlagan. 

Avgustda isteʼmol sektoridagi tovarlar 0,4 foizga oshdi

Isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,4 % ga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

2025 yilning avgust oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,4 % ga oshgan.

Yillik isteʼmol narxlari indeksi (INI) 108,8 % ni tashkil etib, oʻtgan yilning shu oyiga (2024 yil avgust — 110,5 %) nisbatan 1,7 foiz bandga pasaydi.

Avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,6 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga hamda aholiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tarvuz (28,7 %), qovun (11,7 %), karam (11,4 %), kartoshka (3,5 %), tovuq tuxumlari (2,7 %), parranda goʻshti (1,9 %), paxta moyi (1,6 %), qoʻy goʻshti (1,4 %) hamda mol goʻshti (0,2 %) narxlarining oshishi inflyatsiyaga asosiy taʼsir koʻrsatdi.

Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan benzin (3,1 %) va sement (0,8 %) hamda xizmatlar narxi va tariflarida huquqiy turdagi xizmatlar (9,9 %), maishiy chiqindi uchun haq toʻlash (3,0 %) va erkaklar va oʻgʻil bolalar uchun sartaroshxona xizmatlari (1,0 %) narxlari qimmatlashgani inflyatsiyaga oshishiga asosiy omil boʻlib xizmat qildi.

Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Avvalroq Toshkent supermarketlarida kartoshka, pomidor va goʻsht arzonlashgani xabar berilgandi.

Limon narxi esa sezilarli qimmatlagan. Bu mavsumiy omil bilan izohlanmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid