platina.uz
Iqtisod

"Tashabbusli byudjet" gʻoliblari eʼlon qilindi

Jami 3,3 trln soʻmlik 2 332 ta loyiha gʻolib deb topildi. 

"Tashabbusli byudjet" gʻoliblari eʼlon qilindi

“Tashabbusli byudjet”ning 2-bosqichida gʻolib boʻlgan loyihalar roʻyxati eʼlon qilindi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, 3,3 trln soʻmlik 2 332 ta loyiha gʻolib deb topildi.

Umuman olganda, jami 22 263 loyiha kiritilgan, shundan 18 734 loyiha saralashdan oʻtgan.

Jami 1945 tta mahalla gʻolib deb topildi. Eng koʻp ovoz toʻplab gʻolib boʻlganlar 18 017 kishini tashkil etgan boʻlsa, 31 kishi ovoz berib gʻolib boʻlgan loyiha ham mavjud.

Eng koʻp loyihalar ichki yoʻllarni (piyodalar yoʻlakchasi, yoʻl oʻtkazgichlar) taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar boʻyicha tashabbuslardir. Ikkinchi oʻrinni umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari egallagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq "Tashabbusli byudjet" boʻyicha yangi tizim yaratilishi maʼlum boʻlgandi. Bunda aholi va davlat sherikchiligi yoʻlga qoʻyiladi.

Aholi loyiha qiymatining 50 foiz qismi moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar avtomatik ravishda gʻolib boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid