Shavkat Mirziyoyev ShHTning norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi
Oʻzbekiston rahbari va rafiqasini Xitoy raisi Si Szinpin va rafiqasi kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda ShHTning norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi.
31 avgust kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Tyanszin shahridagi "Meyszyan" kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi.

Tadbirlarda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Misr, Kambodja, Nepal, Armaniston hukumatlari rahbarlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham qatnashdi.

Davlatimiz rahbari va rafiqasini Xitoy Raisi Si Szinpin va rafiqasi samimiy kutib oldi.
Shundan soʻng xorijiy yetakchilarga Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammitiga bagʻishlangan konsert dasturi namoyish etildi.