platina.uz
Iqtisod

Paxta terimi uchun narxlar belgilandi

Qoʻl mehnati bilan terilgan paxtaning 1 kg uchun 2 ming soʻm tavsiyaviy narx eʼlon qilingan.  

Paxta terimi uchun narxlar belgilandi

Bu yil qoʻlda terilgan 1 kg paxta uchun 2 ming soʻm beriladi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumot berdi.

Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “Paxta terimi uchun 1 kilogrammiga 1 800 soʻm toʻlanadi” mazmunidagi xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlumot bergan:

Joriy yilda paxta terimi narxlari quyidagicha belgilandi:

• Mashina yordamida terilgan paxtaning 1 kg uchun – 1 373 soʻm;

• Qoʻl mehnati bilan terilgan paxtaning 1 kg uchun – 2 000 soʻm tavsiyaviy narx belgilangan boʻlib, terim vaqtida klaster, fermer xoʻjaligi rahbarlari va terimchilar oʻrtasida oʻzaro kelishuv asosida terim narxi mustaqil belgilash amaliyoti ham qoʻllaniladi;

• Shuningdek, paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida davlat byudjeti hisobidan 1 kilogramm paxta uchun 1 000 soʻm subsidiya ajratiladi.

Ushbu tartib paxta yetishtiruvchilar manfaatini himoya qilish, terimchilar mehnatini ragʻbatlantirish va agrar sohada barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan.

Shu bois ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “1 kg – 1 800 soʻm” haqidagi xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanmagan.

"Qayd etish kerakki, paxta terimi narxlari jamoatchilikka faqat rasmiy manbalar orqali yetkaziladi. Turli taxminlar va tekshirilmagan xabarlar jamiyatni chalgʻitishi bilan birga, amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin", deyiladi vazirlik xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid