platina.uz
Jahon

Tojik-afgʻon chegarasida qurolli toʻqnashuv yuz berdi

Natijada bir "Tolibon" askari halok boʻlgan, toʻrt nafari esa yaralangan. 

Tojik-afgʻon chegarasida qurolli toʻqnashuv yuz berdi

24 avgust kuni Afgʻonistonning Badaxshon viloyatining Davang chegara tumanida Afgʻoniston va Tojikiston oʻrtasida qurolli toʻqnashuv yuz berdi.

Shana news xabariga koʻra, qurolli hodisada bir "Tolibon" askari halok boʻlgan, toʻrt nafari yaralangan.

Mahalliy manbalarga koʻra, toʻqnashuvga Xitoyning togʻ-kon kompaniyalari borligi va Amudaryo oʻzanining zarar koʻrayotgani asosiy sabab boʻlgan.

Nashrning yozishicha, "Tolibon" va Tojikiston oʻrtasidagi munosabatlar 1990-yillardan beri taranglashgan.

Tojikiston toliblar muxoliflarini, xususan, Milliy qarshilik frontini qoʻllab-quvvatlagan va Ahmad Masʼud va Amrulloh Solih kabi arboblarga boshpana bergan. "Tolibon" bu yordamni Afgʻonistonning ichki ishlariga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashish deb biladi.

Afgʻoniston xalqaro agentligining xabar berishicha, "Tolibon" qoʻshinlari va tojik chegarachilari oʻrtasidagi toʻqnashuvdan soʻng Davang chegara hududida Tolibon va Tojikiston harbiylari vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan.

Bu yigʻilishda daryo suvi va togʻ-kon kompaniyalari masalasini muhokama qilishdan tashqari, Tolibon va Tojikiston vakillari bir-birini Afgʻoniston va Tojikiston hududida muxoliflarga boshpana berib, oʻqitishda aybladilar.

"Tolibon" va chegara toʻqnashuvlari

Tojikiston Afgʻoniston bilan chegara mojarosiga borgan yagona davlat emas. Avvalroq toliblar Eron va Pokiston askarlari bilan toʻqnashgandi.

Jumladan, 2024 yil martida Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasida mojaro boshlandi. Pokiston afgʻonlarning chegara hududlarini bombardimon qildi. "Tolibon" tinch aholi vakillari halok boʻlganini bildirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid