"Tashabbusli byudjet" da aholi va davlat sherikchiligi yoʻlga qoʻyiladi
Aholi loyiha qiymatining 50 foiz qismi moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar avtomatik ravishda gʻolib boʻladi.

“Tashabbusli byudjet” boʻyicha yangi mexanizm joriy etiladi.
Prezident “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
2026 yildan boshlab “Tashabbusli byudjet” doirasida gʻolib boʻlmagan loyihalarni deputatlar tashabbusi bilan moliyalashtirish mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi. Jarayonlar ustidan nazorat maqsadida 11 deputatdan iborat komissiya tuziladi.
"Tashabbusli byudjet" da aholi va davlat sherikchiligi yoʻlga qoʻyiladi.
Tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foiz qismi moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar avtomatik ravishda gʻolib deb topiladi. Bu amaliyot 2026 yil 1 fevraldan joriy etiladi.
Eslatib oʻtamiz, “Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi 15 iyuldan boshlangandi. Ayni kunlarda ovoz yigʻish bosqichi davom etmoqda.
Gʻoliblar Mustaqillik bayrami kuni eʼlon qilinadi.