platina.uz
Jahon

OAV: Tramp Venesueladagi rejimni agʻdarishni koʻzlamoqda

Ikki davlat oʻrtasida qurolli mojaro yuz berishi ehtimoli ortmoqda. Maduro uchun 50 mln dollar mukofot eʼlon qilindi. 

OAV: Tramp Venesueladagi rejimni agʻdarishni koʻzlamoqda

Tramp Venesueladagi hokimiyatni agʻdarishni koʻzlayotgan boʻlishi mumkin.

AQSh prezidenti Donald Trampning Venesuela bilan giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashi Amerika yetakchisining asl maqsadlari uchun niqob boʻlishi mumkin, deb yozadi Axios manbalarga asoslanib.

Unga koʻra, Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni agʻdarish va qoʻlga olish uchun harbiy operatsiya boshlashi mumkin.

“Maduroni Venesuelada hokimiyatda qoldirish Jeffri Epshteynni bolalar bogʻchasiga mudirlikka tayinlash bilan barobar”, — deya taʼriflad Trampning maslahatchilaridan biri nashrga Oq uy pozitsiyasini.

Epshteyn pedofiliyaga aloqador yirik jinoyatchi oʻlaroq koʻriladi.

Axiosʼning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Venesuela bilan qurolli mojaroga “hech qachon yaqin boʻlmagan”. Donald Tramp Karib dengizi mintaqasiga 4500 askar bilan yettita harbiy kema joʻnatdi. Ular orasida boshqariladigan raketalarga ega esminets ham bor. Manbalar, shuningdek, Venesuela bilan dengiz chegarasi yaqinida Amerika suv osti kemasiga hujum qilingani haqida xabar berdi.

Prezident haqida maʼlumot uchun mukofot

Avgust oyi oʻrtalarida AQSh prezidenti Donald Trampning Lotin Amerikasi narkokartellariga qarshi kurashish rejasi doirasida Venesuela qirgʻoqlariga harbiy kemalar joʻnatgani maʼlum boʻldi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatni himoya qilish uchun 4,5 million militsiyani safarbar qilish va oʻqitishni maʼlum qildi. Kecha Oq uy Donald Tramp Venesueladagi narkotrafikka qarshi kurashda AQSh armiyasining “toʻliq kuchidan” foydalanishga tayyorligini maʼlum qildi.

Avvalroq AQSh davlat departamenti Maduro uchun 25 mln dollar mukofot vaʼda qilgandi. Keyin bu mablagʻ 50 mlnga oshirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid