platina.uz
Jamiyat

Ayrim ichki ishlar xodimlariga xizmat uylari xususiylashtirib beriladi

Qaror ijrosini taʼminlash vazir Aziz Toshpoʻlatov zimmasiga yuklangan. 

Ayrim ichki ishlar xodimlariga xizmat uylari xususiylashtirib beriladi

Ayrim ichki ishlar xodimlariga davlat uylari xususiylashtirib beriladi.

"Ichki ishlar organlari xodimlari, pensionerlari hamda ularning oila aʼzolarini turar joy bilan taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Hukumat qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra, ayrim ichki ishlar xodimlariga xizmat uylarini xususiylashtirishga ruxsat berildi.

Jumladan:

-2022 yil 4 iyulga qadar xizmat muddatini oʻtab, pensiyaga chiqqan va oʻzi, turmush oʻrtogʻi nomida boʻlgan xodimlar, kasallik (nogironlik) sabab boʻshatilgan, rezervga olingan yoki va vafot etgan xodimlarning nomida uy boʻlmagan oila aʼzolariga;

-vafot etgan xodimlarning eri yoki xotini, farzandi yoki qaramogʻidagi shaxslarga (nomida uy boʻlmasa).

Ushbu uylar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 iyuldagi qarori boʻyicha tasdiqlangan nizomiga asoslanib xususiylashtirib beriladi.

Ushu qarorni bajarilishini nazorat qilish ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatovga yuklangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid