platina.uz
Jahon

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan pullaridan Ukrainaga 200 mlrd yevro bermoqchi

YeI va G7 tomonidan muzlatilgan rus aktivlarining umumiy miqdori taxminan 280 milliard yevroni tashkil qiladi.  

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan pullaridan Ukrainaga 200 mlrd yevro bermoqchi

Yevrokomissiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan ixtilof tugaganidan keyin Ukrainani tiklashga deyarli 200 milliard yevro oʻtkazish sxemasini ishlab chiqmoqda.

Bu boradagi muzokaralar 30 avgust kuni Kopengagenda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu haqda Politico manbalarga asoslanib xabar berdi.

Rejada aktivlarni zudlik bilan musodara qilish nazarda tutilmagan, aksariyat Yevropa Ittifoqi davlatlari moliyaviy va huquqiy muammolar tufayli bunga qarshi. Yevropa Ittifoqi Rossiya aktivlarini ulardan koʻproq foyda olish uchun "xavfliroq investitsiyalar" toifasiga oʻtkazmoqchi.

Shu maqsadda Bryussel nafaqat Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, balki Buyuk Britaniya va Kanada kabi G7 davlatlarini ham oʻz ichiga oladigan maxsus tuzilma yaratish masalasini koʻrib chiqmoqda. Bu Yevropaga muzlatilgan aktivlar ustidan koʻproq nazorat qilish imkonini beradi, deb yozadi gazeta.

Amaldagi qoidalarga koʻra, Yevropa Ittifoqining istalgan davlati sanksiyalarni uzaytirishga veto qoʻyish orqali Rossiyaga aktivlarini qaytarishi mumkin. Ushbu masala boʻyicha ovoz berish har olti oyda bir marta oʻtkaziladi. Yangi mexanizmning yaratilishi Yevropa mamlakatlariga ushbu qoidalarni chetlab oʻtishga yordam beradi, deya tushuntiradi nashr.

Rossiya aktivlari va Gʻarb

Katta yettilik davlatlari 2024 yilda Kiyevga muzlatilgan Rossiya mablagʻlaridan jami 45 milliard yevro miqdorida daromad joʻnatishga kelishib olgandi. Yevropa Ittifoqi va G7 tomonidan muzlatilgan Rossiya aktivlarining umumiy miqdori taxminan 280 milliard yevroni tashkil qiladi. Bu Rossiya valyuta zahiralarining deyarli yarmidir. Hozircha YeI yevroning zaxira valyuta sifatidagi mavqei bilan bogʻliq xavotirlar tufayli Rossiya mablagʻlarini musodara qilish uchun qonuniy asoslar topmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid