Portugaliya prezidenti Donald Tramp haqida keskin gapirdi
Tramp "Rossiya agenti" sifatida Kremlga foyda keltirmoqda, deydi u.

Portugaliya prezidenti Marselo Rebelo de Sousa AQSh prezidenti Donald Tramp haqida keskin bayonot berdi.
Prezident uni “Rossiya yoki SSSR agenti” deb atadi.
Gap nima haqida?
Bu haqda u PSD universitetida boʻlib oʻtgan “Prezident javoblari” muhokamasida aytib oʻtdi.
"Dunyodagi yetakchi superdavlati rahbari obʼektiv ravishda sovet yoki rus agenti hisoblanadi. U agent vazifasini bajaradi", - dedi Portugaliya prezidenti (Portugal Pulse iqtibosi).
"Men shuni aytamanki, Amerikaning yangi rahbariyati obʼektiv ravishda Rossiya Federatsiyasiga strategik foyda keltirdi. Boshqacha aytganda, ular bu qarama-qarshilikda bir tomonning ittifoqchisi boʻlishdan hakamlik qilishga oʻtishdi", - dedi u Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaroga ishora qilib.
Tramp va Rossiya
Tramp hokimiyatga kelgach, Ukraina mojarosi boʻyicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kelishishga urinmoqda. Ammo Alyaskadagi oʻzaro sammit, Ukraina va Yevropa rahbarlarining Vashingtonga tashrifi ham natija olib kelmadi.
Bir necha kun avval esa Tramp AQSh Ukrainani qurollantirmaslinini eʼlon qildi.