platina.uz
Jamiyat

Muhammadqodir Abdullayevning 25 yillik "ishi" sudda koʻrildi

Bokschi jahon chempionati va olimpiadada gʻolib chiqqach, Andijonda unga yer ajratilgan. 

Muhammadqodir Abdullayevning 25 yillik "ishi" sudda koʻrildi

Bokschi Muhammadqodir Abdullayevning 25 yillik muammosi Andijon tumanlararo sudida koʻrib chiqildi. Bu haqda "Ovoza" dasturida maʼlumot berildi.

Gap nima haqida?

Maʼlum boʻlishicha, bokschiga Jahon chempionati va Olimpiada oʻyinlaridagi muvaffaqiyati sabab Oltinkoʻl tumani hokimi qarori bilan yer ajratilgan. Biroq u yillar davomida yerga kadastr hujjatlarini ololmagan. Sudda ushbu 25 yillik muammo koʻrib chiqildi.

Bokschi ushbu yerga boks maktabi qurish rejasi borligini aytgan. Sudda sportchining advokati barcha hujjatlar: shirkat xoʻjaligi qarori, hokim farmoyishi va yillar davomida toʻlab kelingan soliqlar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.

Javobgar tomon 2000 yilgi hokim qarori yerga egalik huquqini taʼminlamasligini aytib, soʻrovni rad etib kelgan.

Yakuniy sud qaroriga koʻra, Muhammadqodir Abdullayevning daʼvosi qanoatlantirildi va Davlat kadastrlar palatasiga uning talabini bajarish vazifasi yuklandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid